Bugun Mirobod tumani hokimligida Toshkent shahar hokimining maslahatchisi Shavkatbek Irgashev hamda tuman hokimi Anvar Sayfutdinov rahbarligida kengaytirilgan yig‘ilish tashkil etildi. Yig'ilishda Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashining Qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a'zolari ishtirok etdilar.
Ushbu uchrashuv “Tozalik va ozodalik oyligi” doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan o‘tkazildi.
Yig‘ilishda tumandagi markaziy ko‘chalarni obodonlashtirish, ko‘p qavatli uy-joylar atrofidagi noqonuniy qurilmalarni aniqlash va ularni bartaraf etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.