O’rganish ishlarida Mirobod tumani hokimi Anvar Sayfutdinov, tuman prokurori Bobur Abdullayev, mahalla “yettiligi” a’zolari, xalq depuatalari Mirobod tuman Kengash depuatlari va boshqa muttasaddilar ishtirok etishdi.
Tashrif davomida ishchi guruh tomonidan mahalladagi koʻp qavatli uylar atrofini obodonlashtirish, xonadonlar oraligʻidagi umumiy foydalanishdagi hududlarni toza saqlash, noqonuniy egallab olingan yer maydonlarini aniqlab, ulardagi noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish yuzasidan tegishli masʼullarga aniq topshiriqlar berildi.
Shuningdek, ko‘cha va jamoat joylariga chiqindilarni tashlab, atrof-muhitga zarar yetkazayotgan ayrim xonadon egalari hamda savdo do‘konlari egalariga ogohlantirishlar berildi. Ularga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘rildi.