Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati U. Xolmatov Do‘stlik MFYda joylashgan 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi. Tashrif chog‘ida u qurilish jarayonining sifatiga, xavfsizlik talablariga rioya qilinishiga hamda belgilangan muddatlarda yakunlanishiga alohida e’tibor qaratdi. Quruvchilar va mas’ullar bilan suhbatda aniqlangan kamchiliklarni tezda bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Ushbu maktab binosi oktyabr oyiga foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, yangi o‘quv yilida o‘quvchilarga zamonaviy sharoitlarda ta’lim olish imkoniyati yaratiladi. Deputat mazkur ishlarga doimiy nazorat o‘rnatilishini bildirdi va hududni obodonlashtirish masalasiga ham alohida to‘xtaldi.