Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati U. Normatov Nurabod mahallasidagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni o‘rgandi.
Mahalladagi ijtimoiy soha obyektlarining yangi o‘quv yiliga va Mustaqillik bayramiga tayyorgarligi, mahalla obodligi hamda ko‘chalar tozaligi bo‘yicha mahalla raisi bilan amalga oshiriladigan ishlar rejasini belgiladi.
Shuningdek, fuqarolar bilan muloqot olib borilib, ularning murojaatlari tinglandi. Murojaatlar asosida shahar "Suvoqova" korxonasiga ichimlik suvi ta'minoti yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi.