Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati M.Salimova “Mirzo Ulug‘bek” mahallasida o‘rganish olib bordi.
O‘rganishda deputat mahalla yettiligi a’zolari bilan ishchi uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot asosan hududda olib borilayotgan ijtimoiy ishlar, profilaktik faoliyat va mahalla boshqaruvining kundalik vazifalari yuzasidan bo‘ldi.
Yig‘ilishda birinchi navbatda ehtiyojmand oilalarni aniqlash, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”da qayd etilgan fuqarolar bilan ishlash holati muhokama qilindi. Deputat ushbu ro‘yxatlarning amalda to‘g‘ri yuritilishi, manzilli yordam ko‘rsatishi bo‘yicha qilingan ishlar bilan tanishdi.
Shuningdek, mahalladagi xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi va yettilik a’zolarining o‘zaro hamkorligi, jinoyatchilikning oldini olish, ijtimoiy huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash kabi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida deputat mahalla yettiligi bilan hamkorlikni doimiy asosda davom ettirish, mavjud muammolarni joyida hal etish uchun birgalikdagi harakatlarni kuchaytirish lozimligini bildirdi.