Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputatlari M.Salimova U.Xaydarovlar “UYASNUR AVENYE” MCHJning savdo majmuasi qurilish jarayoni bilan tanishdilar.
💠 Tashrif davomida deputatlar qurilish ishlari sifatini, belgilangan me’yor va talablarning bajarilishini hamda loyiha bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning jadvalga muvofiqligini o‘rganib chiqdilar. Shuningdek, hududda yaratilayotgan sharoitlar, kelgusida aholi va tadbirkorlar uchun yaratiladigan imkoniyatlar yuzasidan mutasaddilar bilan fikr almashdilar.