35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги муаммоларни ўрганди
янв.21
Сессия кун тартибига киритиладиган масала юзасидан дастлабки ўрганиш ўтказилди
янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
DEPUTAT SO‘ROVI: “BOG‘ZOR” MAHALLASIDA XAVFSIZLIKNI KUCHAYTIRISH MASALASI KO‘TARILDI

“14-Bog‘zor” saylov okrugida o‘tkazilgan nazorat-tahlil tadbirlari hamda mahalla faollari bilan muloqotlar davomida “Bog‘zor” mahallasi hududi kuzatuv kameralari bilan yetarli darajada qamrab olinmagani aniqlandi.

Ta’kidlanishicha, kuzatuv kameralarining mavjud emasligi yoki yetarli emasligi tungi vaqtlarda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda mahallada xavfsizlikni ta’minlash borasidagi ishlarni murakkablashtirmoqda.

📝 Deputat so‘rovida quyidagi masalalar ilgari surildi:
✅ Mahallaning asosiy kirish-chiqish nuqtalari, gavjum ko‘chalar va jamoat joylariga zamonaviy kuzatuv kameralarini o‘rnatish;
✅ O‘rnatiladigan kameralarni “Xavfsiz mahalla” tizimiga integratsiya qilish;
✅ Mahalla profilaktika inspektori va “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda ustuvor hududlarni belgilash;
✅ Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Kengash kotibiyati hamda deputatga qonunchilikda belgilangan tartibda ma’lumot taqdim etish.

🔍 Bugungi kunda jamoat xavfsizligini ta’minlashda raqamli kuzatuv tizimlari muhim vositalardan biri hisoblanadi. Kuzatuv kameralari nafaqat sodir etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarning oldini olishga, balki fuqarolarning osoyishtaligi va xavfsizligini mustahkamlashga xizmat qiladi.

⚖️ Mazkur deputat so‘rovi “Bog‘zor” mahallasida xavfsiz muhit yaratish, fuqarolarning tinch va osoyishta hayot kechirishini ta’minlash hamda “Xavfsiz mahalla” tamoyillarini amalda kuchaytirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.