35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги муаммоларни ўрганди
янв.21
Сессия кун тартибига киритиладиган масала юзасидан дастлабки ўрганиш ўтказилди
янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
DEPUTAT SO‘ROVI ORQALI IQTIDORLI BOLAGA AMALIY YORDAM KO‘RSATISH MASALASI KO‘TARILDI

O‘tkazilgan fuqarolar qabulida “Tinchlik” mahallasida istiqomat qiluvchi, ikki nafar voyaga yetmagan farzandni yolg‘iz tarbiyalayotgan fuqaro S.Xonkayeva o‘z murojaati bilan qatnashdi. Murojaatda uning farzandi Asilbek Kenjayev ko‘zi bo‘yicha II guruh nogironi ekani, shunga qaramay matematika fanidan yuqori natijalarga erishib, turli tanlov va bellashuvlarda muvaffaqiyat qozonib kelayotgani ma’lum qilindi.

Ammo iqtidorli o‘quvchining salomatligi bilan bog‘liq muammolar va oilaning moddiy imkoniyatlari cheklangani sababli zarur tibbiy amaliyotni o‘tkazish hamda uy sharoitida ta’lim olishini davom ettirish uchun qo‘shimcha ko‘makka ehtiyoj mavjudligi qayd etildi.

📝 Deputat so‘rovida:
✅ bolani parta, stul va kitob javoni bilan ta’minlash;
✅ ko‘z jarrohligi amaliyoti uchun to‘lov masalasini o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish;
✅ ko‘rilgan choralar yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda ma’lumot taqdim etish masalalari ilgari surildi.

Bu holat deputatlik faoliyatining nafaqat muammolarni aniqlash, balki ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar, ayniqsa iqtidorli yoshlarning ta’lim va sog‘lig‘i bilan bog‘liq masalalarga amaliy yechim topishga qaratilganini ko‘rsatadi.