35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги муаммоларни ўрганди
янв.21
Сессия кун тартибига киритиладиган масала юзасидан дастлабки ўрганиш ўтказилди
янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
DEPUTAT SO‘ROVI: MAHALLADA ICHIMLIK SUVI SIFATI DEPUTAT NAZORATIGA OLINDI

Deputat tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi fuqarolar qabulida 10-“Navro‘z” saylov okrugi hududida yashovchi fuqarolar ichimlik suvi sifatining yomonlashgani yuzasidan murojaat qildi. Aholining ta’kidlashicha, ayrim kunlari xonadonlarga loyqa va iste’mol uchun yaroqsiz holatdagi suv yetib kelmoqda.
Murojaat joyiga chiqib o‘rganilganda, fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masala dolzarbligi tasdiqlanib, holatni chuqur o‘rganish hamda tegishli choralar ko‘rish zarurligi qayd etildi.
📝 Deputat so‘rovida quyidagi masalalar ilgari surildi:
✅ “Navro‘z” mahallasida ichimlik suvi sifatining yomonlashish sabablarini aniqlash;
✅ Suv ta’minoti tarmoqlarining texnik holatini o‘rganish va zarur tahlillarni o‘tkazish;
✅ Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rish;
✅ Ko‘rilgan choralar va o‘rganish natijalari haqida deputatga hamda Kengash kotibiyatiga qonunchilikda belgilangan tartibda ma’lumot taqdim etish.
⚖️ Fuqarolarning toza va sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlanishi aholi salomatligi va turmush sifati uchun muhim omil hisoblanadi. Mazkur masala deputat nazoratiga olinib, murojaatda ko‘tarilgan muammoning qonuniy va amaliy yechimini ta’minlash bo‘yicha tegishli tashkilotlardan aniq choralar kutilyapti.