Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 14-Yangikent saylov okrugidan saylangan deputat Furqat Sarimsoqov tomonidan saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.
📌 Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan hududni obodonlashtirish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi ta’minoti, elektr energiyasi, bandlik hamda boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaat va takliflar bildirildi.
🤝 Shuningdek, saylovchilarni qiynab kelayotgan mazkur muammolarni bartaraf etish maqsadida tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborish, masalalarni doimiy komissiyalar muhokamasiga kiritish hamda ularning ijobiy yechim topishi yuzasidan amaliy choralar ko‘rish belgilab olindi.
✅ Uchrashuv yakunida fuqarolar bilan ochiq muloqotni davom ettirish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va hududdagi mavjud muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.