Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jalaquduq tumanida infratuzilmani yaxshilash ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida “Yoshlar festivali” ko‘tarinki ruhda o‘tdi
янв.21
24 TA TAVSIYA Bozorlarda narx-navo barqarorligi – deputatlar e’tiborida
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Jalaquduqdagi dam olish maskanlari deputatlar e’tiborida
янв.21
“Urug‘chilik to‘g‘risida”gi Qonun — eng muhim qonunlardan biri: g‘alla hosilini yig‘ish ishlari bilan tanishildi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” dasturi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputat E.Qurbonov: aholi manfaatlari yo‘lida amaliy o‘rganish
янв.21
Senat a’zosi O‘.N. Axunovning Jalaquduq tumaniga tashrifi
янв.21
24 ta tavsiya: Yoshlarning kelajagi – e’tibor markazida
“Bitiruvchi – 2026” tantanalari deputatlar tashabbusi bilan ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda!

 “Bitiruvchi – 2026” tantanalari ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda!

⚡️Ayni damda Toshkent shahridagi “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida Toshkent davlat tibbiyot universitetining eng muhim va unutilmas tadbirlaridan biri — “Bitiruvchi – 2026” tantanali marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir jarayonlarida xalq deputatlari Olamzor tumani Kengashi deputatlari Feruza Salomova va Turdiqul Bobomurtaov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi B.Xoliqjonova ishtirok etmoqda.

✅ “Bitiruvchi – 2026” bag‘ishlangan tantanali tadbir Toshkent shahridagi “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida Toshkent davlat tibbiyot universitetining eng muhim va unutilmas marosim tashkil etildi. Unda universitet rahbariyati bilan birga nufuzli mehmonlar va talabalar ishtirok etishdi. Dastavval, Toshkent davlat tibbiyot universitet rektori Shuxrat Boymuradov o‘zlarining tabrik so‘zlari bilan chiqish qildi. So‘ngra universitet faxri bo‘lgan akademik va professorlarga so‘z berildi. Ayniqsa, xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati, Toshkent davlat tibbiyot universiteti Yoshlar masalalari, ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor - Turdiqul Bobomuratov ushbu quvonchli kun bilan samimiy tabriklab, ularning kelgusidagi kasbiy faoliyatida yuksak zafarlar, xalq salomatligini asrash yo‘lidagi mas’uliyatli xizmatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi. O‘z nutqida u yosh mutaxassislarni Vatanga sadoqat, yuksak kasbiy mahorat va insonparvarlik tamoyillariga sodiq qolishga, jamiyat taraqqiyoti hamda xalq farovonligi yo‘lida fidoyilik bilan xizmat qilishga chaqirdi.

🌟 Tadbir davomida universitetni muvaffaqiyatli tamomlayotgan bitiruvchilar tantanali ravishda shifokorlik qasamyodini qabul qildilar, ularning ta’lim-tarbiyasiga munosib hissa qo‘shgan ota-onalar esa tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.

🎉 Tantanali tadbir ko‘tarinki ruhda davom etmoqda va bitiruvchilarning hayotidagi yangi bosqichga munosib qadam qo‘yishida unutilmas voqea sifatida yodda qolishi shubhasiz

Slide 1 of 6