Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jalaquduq tumanida infratuzilmani yaxshilash ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida “Yoshlar festivali” ko‘tarinki ruhda o‘tdi
янв.21
24 TA TAVSIYA Bozorlarda narx-navo barqarorligi – deputatlar e’tiborida
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Jalaquduqdagi dam olish maskanlari deputatlar e’tiborida
янв.21
“Urug‘chilik to‘g‘risida”gi Qonun — eng muhim qonunlardan biri: g‘alla hosilini yig‘ish ishlari bilan tanishildi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” dasturi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputat E.Qurbonov: aholi manfaatlari yo‘lida amaliy o‘rganish
янв.21
Senat a’zosi O‘.N. Axunovning Jalaquduq tumaniga tashrifi
янв.21
24 ta tavsiya: Yoshlarning kelajagi – e’tibor markazida
🌳 Mahalla bog‘idagi sug‘orish tizimi yaxshilandi

Xalq deputati Chilonzor tumani Kengashi deputati Mavlonov Azam Qarshiyevich tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash ishlarini o‘rganish tashkil etildi. Deputat Zarqarlik ko‘chasi hamda 41-uy orqa qismida joylashgan Mahalla bog‘ida bo‘lib, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan sug‘orish tizimini yaxshilash ishlarini yaqindan ko‘rib chiqdi.
🌳O‘rganish davomida hududdagi yashil maydonlarni muntazam sug‘orish, daraxtlar va manzarali o‘simliklarni parvarishlash uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida bog‘ hududining sug‘orish tizimi sezilarli darajada yaxshilanib, yashil hududlarni saqlash va kengaytirish imkoniyatlari oshgani ta’kidlandi.
🤝Deputat tomonidan hudud aholisining taklif va mulohazalari tinglanib, mavjud masalalarni o‘z vaqtida hal etish hamda mahalla infratuzilmasini yanada rivojlantirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
✅Xalq deputati Chilonzor tumani Kengashi deputati tomonidan hududlarda olib borilayotgan o‘rganishlar va jamoatchilik nazorati ishlarini izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 2