Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jalaquduq tumanida infratuzilmani yaxshilash ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida “Yoshlar festivali” ko‘tarinki ruhda o‘tdi
янв.21
24 TA TAVSIYA Bozorlarda narx-navo barqarorligi – deputatlar e’tiborida
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Jalaquduqdagi dam olish maskanlari deputatlar e’tiborida
янв.21
“Urug‘chilik to‘g‘risida”gi Qonun — eng muhim qonunlardan biri: g‘alla hosilini yig‘ish ishlari bilan tanishildi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” dasturi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputat E.Qurbonov: aholi manfaatlari yo‘lida amaliy o‘rganish
янв.21
Senat a’zosi O‘.N. Axunovning Jalaquduq tumaniga tashrifi
янв.21
24 ta tavsiya: Yoshlarning kelajagi – e’tibor markazida
YASHIL KELAJAK YO‘LIDA BIRLASHAYLIK! 👇👇👇👇

Aksiya doirasida atrof-muhitni asrash, hududlarni ko‘kalamzorlashtirish, ekologik madaniyatni oshirish hamda barqaror rivojlanish g‘oyalarini keng targ‘ib etishga qaratilgan tadbirlar tashkil etildi.

Mazkur tashabbuslar davlat, jamoatchilik va biznes vakillarining tabiatni asrash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda ekologik muhitni yaxshilash yo‘lidagi sa’y-harakatlarini birlashtirishga xizmat qiladi.

Deputat Voropayeva Natalya aksiya jarayonida shaxsiy ishtiroki bilan ekologik tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, yoshlar o‘rtasida ekologik tarbiyani kuchaytirish, tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biri ekanini ta’kidladi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni, “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi Qonuni, shuningdek “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan vazifalar ijrosi bilan hamohangdir.

✅ Maqsad — yashil, obod va ekologik barqaror kelajakni birgalikda barpo etishdir.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 3