Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jalaquduq tumanida infratuzilmani yaxshilash ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida “Yoshlar festivali” ko‘tarinki ruhda o‘tdi
янв.21
24 TA TAVSIYA Bozorlarda narx-navo barqarorligi – deputatlar e’tiborida
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Jalaquduqdagi dam olish maskanlari deputatlar e’tiborida
янв.21
“Urug‘chilik to‘g‘risida”gi Qonun — eng muhim qonunlardan biri: g‘alla hosilini yig‘ish ishlari bilan tanishildi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” dasturi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputat E.Qurbonov: aholi manfaatlari yo‘lida amaliy o‘rganish
янв.21
Senat a’zosi O‘.N. Axunovning Jalaquduq tumaniga tashrifi
янв.21
24 ta tavsiya: Yoshlarning kelajagi – e’tibor markazida
Mahallalarda saylovchilar bilan uchrashuv va jinoyatchilikning oldini olish masalalari muhokama qilindi.

 Uchrashuvlar davomida fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolar, mahalla infratuzilmasini yaxshilash, yoshlar bandligini ta’minlash, ijtimoiy masalalar hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan taklif va murojaatlar tinglandi.

 Shuningdek, Samarqand shahar 1-son Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i ishtirokida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda fuqarolar osoyishtaligini mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

 Yig‘ilishda mahallalarda profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

 Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.

 Aholi bilan ochiq muloqot va hamkorlikda olib borilayotgan bunday uchrashuvlar hududlarda tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash, jinoyatchilikning oldini olish hamda fuqarolarning hayot sifatini yaxshilashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 2