Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jalaquduq tumanida infratuzilmani yaxshilash ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida “Yoshlar festivali” ko‘tarinki ruhda o‘tdi
янв.21
24 TA TAVSIYA Bozorlarda narx-navo barqarorligi – deputatlar e’tiborida
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Jalaquduqdagi dam olish maskanlari deputatlar e’tiborida
янв.21
“Urug‘chilik to‘g‘risida”gi Qonun — eng muhim qonunlardan biri: g‘alla hosilini yig‘ish ishlari bilan tanishildi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” dasturi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputat E.Qurbonov: aholi manfaatlari yo‘lida amaliy o‘rganish
янв.21
Senat a’zosi O‘.N. Axunovning Jalaquduq tumaniga tashrifi
янв.21
24 ta tavsiya: Yoshlarning kelajagi – e’tibor markazida
#sessiya

#sessiya

❗️ Nurafshon shahrida muhim siyosiy voqea bo‘lib o‘tdi!

2026-yil 17-fevral kuni xalq deputatlari Nurafshon shahri Kengashining navbatdagi 17-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya kun tartibidagi asosiy masala — Nurafshon shahri hokimi Ilxom Maxmudjonovich Klichxanovning 2025-yilda iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar hamda 2026-yildagi ustuvor vazifalar to‘g‘risidagi Murojaati bo‘ldi.

Mazkur sessiyada, N. Normirzayeva — Toshkent viloyati hokimining oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari ishtirok etdi. Shuningdek, shahardagi barcha korxona va tashkilotlar rahbarlari, deputatlar, nuroniylar, mahalla yettiligi a’zolari, maktab direktorlari, hokimlik xodimlari hamda jamoatchilik vakillari qatnashdilar.

Bu esa belgilangan vazifalar keng jamoatchilik va viloyat rahbariyati ishtirokida muhokama qilinganini anglatadi.

Hisobotda 2025-yil davomida:

— amalga oshirilgan bunyodkorlik va infratuzilma loyihalari;

— yangi ish o‘rinlari yaratish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash choralari;

— ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy sohadagi islohotlar;

— aholi farovonligini oshirishga qaratilgan dasturlar atroflicha bayon etildi.

Murojaatnomada belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqib, shahrimizda 2026-yil uchun ustuvor yo‘nalishlar aniq belgilab olindi.

Shuningdek, 2026-yil uchun:

— investitsiyalarni jalb etish;

— yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish;

— yoshlar bandligini ta’minlash;

— shahar infratuzilmasini yanada modernizatsiya qilish;

— turmush sifatini oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Sessiya ochiq muloqot, tahlil va kelajak rejalari maydoniga aylandi. Belgilangan maqsadlar — Nurafshonning yangi taraqqiyot bosqichiga qat’iy qadamdir.

Nurafshon — taraqqiyot sari!

Birgalikda harakat qilsak, albatta yuksak natijalarga erishamiz!

Slide 1 of 7