Bugungi kunda korrupsiya butun dunyo mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga tahdid solayotgan eng dolzarb muammolardan biridir. U nafaqat davlat boshqaruvi tizimini izdan chiqaradi, balki jamiyatda adolat va tenglikka bo‘lgan ishonchni yemiradi.
Bugun Pastdarg'om tuman tibbiyot birlashmasida tuman Kengashi deputatlari, partiya faollari bilan hamkorlikda mazkur masala yuzasidan yig'ilish bo'lib o'tdi.
️"Yurtimizda ushbu illatga qarshi tizimli kurash olib borilmoqda. Prezidentimiz tashabbuslari bilan so‘nggi yillarda qabul qilingan qonunlar, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va boshqa tashkilotlar faoliyati bu yo‘nalishda muhim bosqichni bosib o‘tdi. “Korrupsiyasiz soha” tamoyili asosida ta’lim, sog‘liqni saqlash, ichki ishlar, soliq va bojxona tizimlarida shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha Kengash nazorati ham muhim ahamiyat kasb etmoqda ,- dedi o'z so'zida Kengash kotibiyat mudiri Xolmuratova Flora.