Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi raisi saylandi
янв.21
♿️ 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni
янв.21
🛡 “Korrupsiyaga qarshi birlikda kurashamiz” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
💧 Bog‘ixon mahallasidagi suv inshooti o‘rganildi
янв.21
🏗 Davlat dasturi doirasida Ishtixonda 120 o‘rinli DMTT qurilishi o‘rganildi
янв.21
🛣 Xonaqa MFY: Xonaqa qishlog‘idan o‘tuvchi asosiy yo‘lning ta’miri bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
🏥 Tibbiy xizmat sifati va bepul dori-darmonlar ta’minoti o‘rganildi
янв.21
🌐 Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz!
янв.21
🌸 Mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
🌟 Aholini qo‘llab-quvvatlashda hokim yordamchisi va xotin-qizlar faoli ishlari o‘rganildi
📌 Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi raisi saylandi

Barchangizga ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahrirdagi 120-moddasiga muvofiq, xalq deputatlari Kengashiga uning deputatlari orasidan saylangan rais boshchilik qilishi hamda viloyat, tuman va shahar hokimi bir vaqtning o‘zida Kengash raisi bo‘lishi mumkin emasligi belgilab qo‘yilgan.

Konstitutsiyaning o‘tish qoidalariga asosan mazkur tartib bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Xususan, 2026-yil 1-yanvardan boshlab ushbu amaliyot barcha tuman (shahar) Kengashlariga tatbiq etilishi belgilangan.

Shu munosabat bilan, bugun “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 16³-moddasida belgilangan tartibda Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi raisi saylovi o‘tkazildi.

🗳 Saylov natijalariga ko‘ra, Naxalov Zayniddin G‘uzornoyevich Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi raisi etib saylandi.

Yangi saylangan Kengash raisi faoliyati mahalliy vakillik organi nufuzini oshirish, deputatlar va jamoatchilik bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Slide 1 of 9