Xalq deputatlari Angren shahar Kengashi 2-Bog` okrugi deputati Nigmatov Mirzoferuz Obidjonovich Obliq MFY Bog` ko`chasi aholisi bilan uchrashib Mahallamizda obodlik sari yana bir qadam shiori ostida mahalladagi aholini murojatini inobatga olgan holda mahallamizdagi suv ariqlari to‘liq qaytadan ta’mirlanmoqda. Ushbu ishlar nafaqat atrof-muhitni obodonlashtirish, balki suv oqimining to‘g‘ri tartibda yurishini ta’minlash, yomg‘ir suvlari oqimini nazorat qilish va ko‘chalarimizni toza saqlashga xizmat qiladi.
Bu ezgu ishlar mahallamizni yanada chiroyli va yashash uchun qulay maskanga aylantirishga qaratilgan.
Birgalikda – obod mahalla sari!