Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🛡 Jinoyatchilikka qarshi kurashish — dolzarb vazifa

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati M.Raximov tumandagi 67-umumiy o‘rta ta’lim maktabida hududda jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar holati o‘rgandi.

O‘rganish jarayonida, “qizil” va “sariq” toifaga kiritilgan hududlarda jinoyatchilikni barham toptirish, huquqbuzarliklarning oldini olish 🛑 hamda aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Shuningdek, ushbu yo‘nalishda ta’lim muassasalari va mahallalarda olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlarining samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi. 📚

Uchrashuv davomida mas’ullar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar berildi, shuningdek, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ilgari surildi. 💬

Kelgusida jinoyatchilikning oldini olish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarga qarshi immunitetni kuchaytirishda hamkorlikni yanada mustahkamlash zarurligi ta’kidlandi. 🤝

Slide 1 of 4