Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati A.Rabbimov o‘z saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazib, ularga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyati yuzasidan atroflicha ma’lumot berdi. 🇺🇿
🗣 Uchrashuv davomida deputat Murojaatnoma doirasida mamlakatni rivojlantirish, aholi turmush darajasini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar va rejalashtirilgan chora-tadbirlar haqida tushuntirishlar berdi.
📚🏥 Shuningdek, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida olib borilayotgan islohotlar, ularning aholi hayotiga ta’siri hamda turmush farovonligini oshirishga qaratilgan loyihalar yuzasidan ham batafsil ma’lumotlar berildi.
🤝 Uchrashuv yakunida deputat fuqarolarning savol va takliflarini tinglab, ularni kelgusida amalga oshiriladigan ishlar jarayonida inobatga olishga alohida e’tibor qaratdi.