O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” gi PF–98-son Farmoni hamda Mahalliy Kengashlarning moddiy-texnik ta’minotini bosqichma-bosqich kuchaytirish bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Ishtixon tumani adliya bo‘limi boshlig‘i D.Ubadullayev tomonidan Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi kotibiyatining moddiy-texnik ta’minlanganlik holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida kotibiyat faoliyati uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnik vositalarning mavjudligi, ularning holati hamda amaldagi talab va me’yorlarga muvofiqligi tahlil qilindi.
Mazkur o‘rganish ishlari Mahalliy Kengashlar faoliyatini samarali tashkil etish hamda ularning institutsional salohiyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.