Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati S.Abdug‘aniyev o‘z saylovchilari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga qilgan Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qildi. 🗣🇺🇿
Uchrashuv davomida deputat mamlakatimizda murakkab global vaziyatga qaramay erishilgan barqaror iqtisodiy o‘sish, aholi farovonligini oshirishga qaratilgan islohotlar, kambag‘allikni qisqartirish, yoshlar va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi ortib borayotgani haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi. 📈🤝
Shuningdek, energetika, infratuzilma, uy-joy qurilishi, ta’lim va sport sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar Murojaatnoma asosida tushuntirildi. 🏗⚡️🎓
✨ Uchrashuv ochiq muloqot, hamjihatlik va islohotlarga ishonch ruhida o‘tdi.