Ishtixon tumanida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlarni joylarda izchil amalga oshirish, hududlarni kompleks rivojlantirish hamda aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur muhokama Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri N.Kiyamov boshchiligida tashkil etilib, unda tuman Kengashi deputatlari faol ishtirok etdilar. 🏛
Uchrashuv davomida strategiya doirasida belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, infratuzilmani rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash hamda joylarda mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. 📊📈
Shuningdek, deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar kelgusida strategiya ijrosini yanada samarali tashkil etishga xizmat qilishi ta’kidlandi. 🤝