2026-yil 16-yanvar kuni soat 11:00 da Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi onlayn tarzda (Zoom platformasi orqali) bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish kun tartibiga Ishtixon tumanida qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar masalasi kiritildi.
Mazkur masala yuzasidan Ishtixon tuman prokurori o‘rinbosari Shukurov Nazir Nabiyevich axborot bilan ishtirok etdi. Yig‘ilish davomida muhokamalar o‘tkazilib, masala yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.