2026-yil 16-yanvar kuni Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida kun tartibidagi navbatdagi masala ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilishda Ishtixon tumani darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qo‘llash amaliyotining holati bo‘yicha 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar yuzasidan Ishtixon tumani Adliya bo‘limi boshlig‘i D. Ubaydullayev tomonidan axborot berildi.
Muhokamalar yakunida masala yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi hamda kelgusida norma ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.