Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi raisi saylandi
янв.21
♿️ 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni
янв.21
🛡 “Korrupsiyaga qarshi birlikda kurashamiz” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
💧 Bog‘ixon mahallasidagi suv inshooti o‘rganildi
янв.21
🏗 Davlat dasturi doirasida Ishtixonda 120 o‘rinli DMTT qurilishi o‘rganildi
янв.21
🛣 Xonaqa MFY: Xonaqa qishlog‘idan o‘tuvchi asosiy yo‘lning ta’miri bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
🏥 Tibbiy xizmat sifati va bepul dori-darmonlar ta’minoti o‘rganildi
янв.21
🌐 Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz!
янв.21
🌸 Mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
🌟 Aholini qo‘llab-quvvatlashda hokim yordamchisi va xotin-qizlar faoli ishlari o‘rganildi
XALQ DEPUTATLARI CHINOZ TUMANI KENGASHI DEPUTATI SAYLOVCHILAGA AXBOROT BERDI

 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Mirsoat Mirsodiqov tumandagi Alisher Navoiy mahallasidagi saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

  Uchrashuv davomida deputat tomonidan 2025-yilning uchinchi choragi davomida amalga oshirilgan ishlar, xususan, mahalla infratuzilmasini
yaxshilash, ijtimoiy muammolarni hal etish va aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish borasida qilinayotgan sa’y-harakatlar haqida batafsil axborot berib o‘tdi.
 

   Deputat tomonidan mahalla yettiligi, Kengash a’zolari va saylovchilarga jamiyatda orrupsiyaga qarshi immunitetni shakllantirish, fuqarolarda bu illatga nisbatan
murosasiz munosabatni qaror toptirish, xalqimizning azaliy urf-odatlari va milliy qadriyatlariga mos ravishda to‘y, marosim va tadbirlarni ixcham va mazmunan
boy tarzda o‘tkazish, isrofgarchilik, dabdababozlik, ortiqcha xarajatlarning oldini olish bo‘yicha tushuntirish berildi.
 

  Shuningdek, uchrashuvda saylovchilar tomonidan ko‘tarilgan dolzarb muammolar va takliflar tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish yuzasidan kelishib olindi. 

  Deputat Mirsoat Mirsodiqov, saylovchilarning takliflari va fikr-mulohazalariga har doim e’tibor qaratilishini ta’kidlab, saylovchilar bilan ochiq muloqotlarni davom ettirishini bildirdi.  

Slide 1 of 2