#sessiya
Xalq deputatlari Nurafshon shahri Kengashining o‘n birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Nurafshon shahrida Xalq deputatlari shahar Kengashining o‘n birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda xalq deputatlari, shahar hokimining o‘rinbosarlari hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.
Sessiya kun tartibiga bir qator dolzarb masalalar kiritildi. Jumladan:
Mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida;
Mahallalar faoliyatini takomillashtirish maqsadida ularni birlashtirish, bo‘lish, tugatish va nomlariga o‘zgartirishlar kiritish masalalari to‘g‘risida;
Oila va xotin-qizlar bo‘limi rahbarlari shtat birliklarini normativ-huquqiy hujjatlar asosida mahalliy hokimliklarning tarkibiy tuzilmasiga o‘tkazish hamda bu jarayon yakunlanganiga qadar ular uchun qo‘shimcha ustamalar to‘lash tartibi to‘g‘risida;
Nurafshon shahri Tibbiyot birlashmasi rahbarining 2025-yil III choragi davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisoboti;
Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini 2026-yilda ish bilan ta’minlash uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish to‘g‘risida.
Sessiya davomida ko‘rilgan barcha masalalar deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilindi hamda tegishli qarorlar qabul qilindi.