Joriy yilning 7-may kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida birlamchi tibbiy xizmatlar sifati, dori vositalari iste’molini tartibga solish, tibbiy ta’limni isloh qilish va aholiga malakali tibbiy xizmatlar ko‘rsatish borasidagi ustuvor vazifalar belgilab berilgan edi.
Mazkur topshiriqlar ijrosini joylarda ta’minlash maqsadida, Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputatlari A.Rabbimov, M.Raximov va N.Kiyamovlar Ishtixon oila shifokorlar punkti (OSHP) faoliyati bilan tanishdilar.
📌 Tashrif davomida deputatlar tomonidan OSHPda ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, aholi murojaatlarining qayd etilishi, tibbiy jihozlar holati, dorilar bilan ta’minlanish va sanitariya-gigiyena talablari bajarilishi o‘rganildi.
Shuningdek, shifokor va tibbiyot xodimlari bilan muloqot o‘tkazilib, ularning muammolari, taklif va fikrlari tinglandi. Deputatlar tomonidan aniqlangan holatlar yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli so‘rovlar kiritish va amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Bunday tashriflar — sog‘liqni saqlash tizimida ochiqlik, halollik va sifatga bo‘lgan talabning amaldagi ifodasi hisoblanadi.