Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🔥 Deputat G.Xudoyberganova tibbiyot muassasasida isitish tizimining tayyorgarligini o‘rgandi
янв.21
Hokim va deputatlar hamjihatligi — tuman taraqqiyoti garovi
янв.21
🔥 Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va energiya resurslaridan oqilona foydalanish masalalari muhokama qilindi
янв.21
🥩 Oziq-ovqat xavfsizligi va sifatli mahsulotlar ta’minoti – dolzarb masala sifatida muhokama qilindi
янв.21
🌿 Ekologik madaniyatni yuksaltirish – barqaror rivojlanish garovi
янв.21
🎗 Bolalar sog‘lig‘i – ustuvor vazifa sifatida e’tiborda
янв.21
🛡 Huquqbuzarliklarning oldini olish va jamoat xavfsizligini ta’minlash masalalari muhokama qilind
янв.21
📰 Deputatlar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyatini muhokama qildi
янв.21
🏘 Mahalla yettiligi faoliyati va hamkorlik samaradorligi muhokama qilindi
янв.21
🥗 Ishtixon tumanida sog‘lom ovqatlantirish tizimini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh faoliyati yo‘lga qo‘yildi
Ta’lim sifatiga e’tibor — kelajakka sarmoya

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputatlari F.Abdurazzaqov, V.Soliyeva va J.Rasulovlar Safaxo‘ja mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 12-umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif davomida deputatlar maktabdagi o‘quv jarayonlari, o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligi hamda darslarning sifati bilan qiziqishdi. Maktab pedagogik jamoasi bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarda mustahkam bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, shuningdek, bitiruvchi yoshlarni kasb tanlash, oliy ta’lim muassasalariga tayyorlash va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

📌 Deputatlar tomonidan maktabda yaratilgan shart-sharoitlarga nisbatan ijobiy fikrlar bildirildi va ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish bo‘yicha foydali tavsiyalar berildi. Ayniqsa, yosh avlodning barkamol yetishishi uchun o‘qituvchilar zimmasida ulkan mas’uliyat borligi ta’kidlandi.

Deputatlarning ta’lim muassasalariga muntazam tashrifi — bu tizimdagi dolzarb masalalarni joyida hal etish va yoshlar kelajagiga befarq emaslikning amaliy ifodasidir. 

Slide 1 of 3