Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ishtixon tumanida deputatlar aholi bilan uchrashib, dolzarb masalalarni muhokama qildi
янв.21
📢 Mahalliy sanoat taraqqiyoti – yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 🏭✨
янв.21
MAHALLIY SANOAT – MAMLAKAT RIVOJINING MUHIM ASOSI
янв.21
Deputat munosabati
янв.21
Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining yettinchi chaqiriq, to‘qqizinchi sessiyasi 2025-yil 4-iyun kuni soat 09:00 da bo‘lib o‘tadi.
янв.21
Deputatlar tibbiy xizmatlar sifati bo‘yicha joylarda o‘rganish ishlarini olib bormoqda
янв.21
Ta’lim sifatiga e’tibor — kelajakka sarmoya
янв.21
Mahalla bilan yuzma-yuz: deputat axboroti va fuqarolar bilan muloqot
янв.21
Bo‘ston mahallasida deputat bilan ochiq muloqot
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot – kelajak uchun muhim qadam
Yoshlar bilan ochiq muloqot – kelajak uchun muhim qadam

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputati A. Rabbimov tomonidan tumandagi 55-umumiy o‘rta ta'lim maktabida o‘quvchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida yoshlarga ta’limning jamiyatdagi o‘rni, ilm-fanga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish, vatanparvarlik ruhini shakllantirish hamda ijtimoiy faollikni oshirish borasida muhim tavsiyalar berildi. Shuningdek, bugungi kunda davlat tomonidan yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, grantlar, tanlovlar va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

Deputat yoshlarning fikr va takliflarini eshitib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berdi. Ayniqsa, kelajak kasblari, raqamli texnologiyalar va innovatsion yo‘nalishlar borasidagi savollar atroflicha muhokama qilindi.

📚 Bunday uchrashuvlar yosh avlodning ijtimoiy ongini yuksaltirish, ularni mustaqil fikrlovchi va mas’uliyatli fuqarolar etib voyaga yetkazish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 4