Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Ishtixon tumanida korrupsiyaga qarshi kurashish va gender tenglikni ta’minlashga qaratilgan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputatlari M. Raximov va N. Kiyamov tomonidan tumandagi Beshbola mahallasida yettilik faoliyati, soliq xodimining ish yuritishi hamda mahalladagi soliq tushumlari holati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
📘 "Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi" mavzusida ochiq dars bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ishtixonda Gender tenglik bo‘yicha davra suhbati
янв.21
Nodavlat tibbiy muassasalarining faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
📍 Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ishtixonda korrupsiyaga qarshi kurash, ochiqlik va jamoat xavfsizligiga doir masalalar muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati tomonidan mahalla yettiligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar haqida
янв.21
Ishtixon tumanidagi 6-son oilaviy poliklinikada ochiq muloqot tashkil etildi
📌 Ishtixon tumanida korrupsiyaga qarshi kurashish va gender tenglikni ta’minlashga qaratilgan davra suhbati o‘tkazildi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputatlari M.Umirova va M.Raximov tashabbusi bilan “Maroqand Sifat Tekstil” MCHJ korxonasida “Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi”, shuningdek, xotin-qizlarning jamiyatdagi nufuzini oshirish hamda gender tenglikni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan amaliy davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda korxona rahbariyati, xodimlar, kengash deputatlari hamda fuqarolik jamiyati vakillari ishtirok etdi.

Muhokama etilgan asosiy yo‘nalishlar:

Ish joylarida korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, xodimlar o‘rtasida halollik tamoyillarini mustahkamlash;

Xotin-qizlarning mehnat huquqlari, ularning ijtimoiy faolligini oshirish va iqtidorini to‘laqonli namoyon etishlariga imkon yaratish;

Gender tenglikni ta’minlash borasida amaldagi qonunchilik va mahalliy amaliyotdagi yondashuvlar;

Tashabbuskor va ijtimoiy faolligi yuqori ayollarni aniqlash, ularni ijtimoiy hayotga jalb qilishga qaratilgan takliflar.

🗣 Davra suhbati davomida ishtirokchilar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish faqatgina jazolash yo‘li bilan emas, balki profilaktika, axborot-ma'rifat ishlari, shuningdek, jamiyatda ochiqlik va mas'uliyat muhitini yaratish orqali amalga oshirilishi zarurligi ta’kidlandi.

👩‍🦰 Xotin-qizlar masalasi doirasida esa, ularga nisbatan ijtimoiy munosabatda tenglikni shakllantirish, rahbarlik lavozimlarida ularga kengroq imkoniyatlar yaratish, mehnat huquqlari va ijtimoiy himoyani kuchaytirish zarurligi alohida qayd etildi.

✅ Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan bildirgan takliflar umumlashtirilib, kelgusida ularni amaliyotga joriy etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi. 

Slide 1 of 4