Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Qorajonov qurilish, taʼmirlash va restavratsiya ishlari bilan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi deputati A.Ismailov aholi bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi kotibiyati majlislar xonasida doimiy komissiyalar qoʻshma yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
янв.21
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi kotibiyati majlislar xonasida doimiy komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashiga 38-Marjonbuloq saylov okrugidan saylangan deputat Feruza Nigmatova aholini qiynab kelayotgan va yechimini kutayotgan muammolarni o‘rganish maqsadida G‘allaorol tumanining Qipchoqsuv, Jiydali va Gulchambar mahalla fuqarolar yig‘inlarida bo‘ldi.
янв.21
Xalq deputatlari G'allaorol tuman Kengashi deputati Alisher Xazratqulov tomonidan “Marjonbuloq” shaharchasida mahalla yettiligi faoliyati hamda amalga oshirgan ishlari yuzasidan o'rganish olib borilib, mahalla yettiligi faoliyatidagi ayrim kamchliklar yuzasidan tegishli maslahatlar berildi.
янв.21
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi kotibiyati majlislar xonasida bandlik masalasi muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi kotibiyati majlislar xonasida ekologik muammolar muhokama qilindi
янв.21
Kengash kotibiyati mudiri yangi topshirilgan mahalla binosini koʻzdan kechirdi. Mahalla xodimlari faoliyati bilan yaqindan tanishib, mahalla jamgʻarmasi mablagʻlaridan maqsadli foydalanish boʻyicha maʼsullar bilan fikr almashildi
Tinchlik Oʻzbekiston tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishi

Bugungi globallashuv sharoitida tinchlik va barqarorlik masalasi barcha davlatlar uchun eng dolzarb vazifalardan biriga aylangan. Xalqaro ziddiyatlar, geosiyosiy qarama-qarshiliklar kuchayib borayotgan bir paytda Oʻzbekiston Respublikasi oʻz tashqi siyosatini
ochiqlik, muloqot va tinchlik tamoyillari asosida izchil olib bormoqda. 

Shveytsariyaning Davos shahrida boʻlib oʻtgan Tinchlik kengashi Nizomini imzolash marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ishtiroki mamlakatimizning global tinchlikni mustahkamlash yoʻlidagi qatʼiy pozitsiyasini
yana bir bor namoyon etdi. 

Mazkur hujjat tinchlikni taʼminlash, mojarolarning oldini olish, davlatlar oʻrtasida oʻzaro ishonch va hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan muhim xalqaro tashabbusdir. Oʻzbekistonning ushbu jarayonda faol ishtiroki mamlakatimizning nafaqat mintaqaviy, balki global miqyosdagi masʼuliyatli davlat sifatidagi nufuzini yanada oshirmoqda. 

Soʻnggi yillarda Prezidentimiz rahbarligida Oʻzbekiston Markaziy Osiyoda yaxshi qoʻshnichilik, oʻzaro hurmat va pragmatik hamkorlik muhitini shakllantirishga erishdi. Davosdagi ushbu tashabbus ana shu siyosatning mantiqiy davomi boʻlib,
tinchlik-Oʻzbekiston tashqi siyosatining asosiy ustuvor yoʻnalishi ekanini tasdiqlaydi. 

Deputat sifatida shuni alohida taʼkidlashni istardimki, tinchlik va barqarorliksiz taraqqiyot boʻlishi mumkin emas. Xalqaro maydonda tinchlikparvar tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash orqali Oʻzbekiston, avvalo, oʻz fuqarolarining farovon kelajagi, yosh avlodning tinch va osoyishta hayoti uchun mustahkam poydevor yaratmoqda. 

Bugun Oʻzbekiston dunyoga urush emas, muloqot; qarama-qarshilik emas, hamkorlik; zoʻravonlik emas, tinchlik tarafdori ekanini amaliy harakatlari bilan isbotlamoqda. Bu esa milliy manfaatlarimizga toʻliq mos keladigan, uzoq muddatli va oqilona siyosatdir.

O'.Akkulov
Zomin tuman Kengashi deputati