Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Qorajonov qurilish, taʼmirlash va restavratsiya ishlari bilan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi deputati A.Ismailov aholi bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi kotibiyati majlislar xonasida doimiy komissiyalar qoʻshma yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
янв.21
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi kotibiyati majlislar xonasida doimiy komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashiga 38-Marjonbuloq saylov okrugidan saylangan deputat Feruza Nigmatova aholini qiynab kelayotgan va yechimini kutayotgan muammolarni o‘rganish maqsadida G‘allaorol tumanining Qipchoqsuv, Jiydali va Gulchambar mahalla fuqarolar yig‘inlarida bo‘ldi.
янв.21
Xalq deputatlari G'allaorol tuman Kengashi deputati Alisher Xazratqulov tomonidan “Marjonbuloq” shaharchasida mahalla yettiligi faoliyati hamda amalga oshirgan ishlari yuzasidan o'rganish olib borilib, mahalla yettiligi faoliyatidagi ayrim kamchliklar yuzasidan tegishli maslahatlar berildi.
янв.21
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi kotibiyati majlislar xonasida bandlik masalasi muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi kotibiyati majlislar xonasida ekologik muammolar muhokama qilindi
янв.21
Kengash kotibiyati mudiri yangi topshirilgan mahalla binosini koʻzdan kechirdi. Mahalla xodimlari faoliyati bilan yaqindan tanishib, mahalla jamgʻarmasi mablagʻlaridan maqsadli foydalanish boʻyicha maʼsullar bilan fikr almashildi
SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlarining 2026-yilning I yarmi uchun saylovchilar bilan uchrashuvlar jadvaliga asosan xalq deputatlari shahar Kengashi deputati Dilbar Normurodova boshchiligida “Farhod” hamda “Abdulla Avloniy” mahallalarida mahalla tizimi faoliyati va mavjud muammolar yuzasidan muloqot o‘tkazildi. Uchrashuvda mahalla yettiligi vakillari, ma’sul tashkilot xodimlari va fuqarolar ishtirok etdi.

Shuningdek, deputat mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlar, hududlarni rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlari hamda aholi turmush darajasini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan tizimli ishlar haqida atroflicha ma’lumot berdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 26-dekabr kuni Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar, jumladan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining yangi tahriri ustida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi hamda jamoatchilik fikrining muhimligi alohida ta’kidlandi.

O‘tkazilgan navbatdagi uchrashuvda fuqarolar bilan muloqot nafaqat mahalla tizimi faoliyatini tahlil qildi, balki yillar davomida to‘planib qolgan, aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgan qator muammolarni yuzaga chiqardi.

Muloqot davomida mahalla “yettiligi”ning faoliyati, ish samaradorligi mahalla tizimining ichki ish yuritish holati, xususan, ish rejalari va “ombor daftari”ning yuritilishi ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mahalla raisining kripto-kaliti bilan bog‘liq texnik masalalar joyida o‘rganilib, huquqiy tushuntirish berildi.

Biroq, eng asosiy muammo — mahalla guzarining yo‘qligidir. O‘z binosiga ega bo‘lmagan mahalla yettiligidan yuqori natija kutish qiyin.
Deputatga qilingan murojaatlarning eng og‘iri 21-A va 21-B ko‘p qavatli uylaridagi ahvol bilan bog‘liq. Mazkur uylarning kanalizatsiya tizimi to‘lib qolganligi sababli atrofda badbo‘y hid va antisanitariya holati hukm surmoqda. Bundan tashqari, ushbu uylar oldidagi bolalar maydonchasi uchun va’da qilingan attraksionlar haligacha o‘rnatilmagan. Shirkat rahbariyatining bu boradagi e’tiborsizligi aholining keskin noroziligiga sabab bo‘lmoqda.

Mahalla hududidagi yo‘llarda tartib o‘rnatish kechiktirib bo‘lmas vazifaga aylangan.

✔️ 19-MTT (bog‘cha) oldida transport vositalari harakati o‘ta tig‘iz. Bolalar xavfsizligi uchun sun’iy yo‘l notekisligi (to‘siq) o‘rnatish masalasi kun tartibiga qo‘yildi.

✔️ “Lola” (Afrosiyob ko‘chasi) umumiy ovqatlanish shoxobchasi hamda A.Navoiy ko‘chasidagi (“Abdurashid market” oldi) 25- va 27-uylar oralig‘idagi noqonuniy taksilar to‘planishi piyodalar harakatiga jiddiy to‘sqinlik qilmoqda. Bu tirbandliklar nafaqat noqulaylik, balki yo‘l-transport hodisalari xavfini ham tug‘dirmoqda.

✔️ Aholini eng ko‘p qiynayotgan masalalardan biri — jamoat transporti tizimi. Garchi 11-avtobus yo‘nalishi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa-da, aholi qaysi avtobus qayerga borishi haqida yetarli ma’lumotga ega emas. Yo‘nalishlar sxemasi va jadvallarining yo‘qligi odamlarni sarson qilmoqda. 

✔️ Eng achinarlisi, ba’zi haydovchilarning so‘zlashish etikasiga rioya qilmasligi, yo‘lovchilarga qo‘pol munosabatda bo‘lishidir. Bu bo‘yicha transport boshqarmasi nazoratni kuchaytirishi va haydovchilar bilan ma’naviy-axloqiy suhbatlar o‘tkazishi shart deb hisoblaymiz.

Muloqot davomida fuqaro Iroda Umidovaning subsidiya asosida uy-joy olish masalasidagi murojaati tinglandi. Deputat tomonidan unga amaldagi qonunchilik asosida aniq huquqiy tushuntirishlar berildi va ariza berish tartibi tushuntirildi.

📝 Uchrashu yakuniy deputat Dilbar Normurodova barcha murojaatlarni qayd etib, ularning ijrosi yuzasidan tegishli tashkilotlarga (Hokimlik, Suv ta’minoti, YHXB, Transport boshqarmasi va Shirkatlarga) deputatlik so‘rovlari yuborilishini hamda har bir muammo yechimi bo‘yicha qat’iy nazorat o‘rnatilishini ma’lum qildi. 

Slide 1 of 7