Prezident Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 20-24 sentabr kunlari AQShga qilgan amaliy tashrifi Yangi O‘zbekistonning tashqi siyosatda faqat islohotchi davlat sifatida emas, balki global muammolarga yechim taklif etadigan, tashabbuskor va faol mamlakat sifatida shakllanayotganini yana bir bor isbotladi. Bu tashrif O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘siga ijobiy ta’sir ko‘rsatish bilan birga, mamlakat ichki rivojlanishi uchun ham yangicha imkoniyatlar eshigini ochdi. Prezidentimizning BMT Bosh Assambleyasining yuksak minbarida so‘zlagan nutqini katta faxr va g‘urur bilan kuzatdik. Davlatimiz rahbarining nutqida xalqaro tinchlik va xavfsizlik, barqaror taraqqiyot, yoshlar kelajagi, iqlim o‘zgarishi, oziq-ovqat xavfsizligi va mintaqaviy hamkorlik kabi dolzarb masalalarni yoritib bergani – O‘zbekistonning jahon hamjamiyati oldidagi faol, mas’uliyatli va tamoman yangi siyosiy bosqichni namoyon etdi.
I.Masharipov
Xalq deputatlari Shovot tuman kengashi deputati