🔴O‘zbekistonda “Obod mahalla – obod Vatan” g‘oyasini hayotga tatbiq etish maqsadida turli hududlarda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
🌀Chilonzor tumanida joylashgan “Bek to‘pi” va “Al-Xorazmiy” mahallalarida ham aholi manfaatlari yo‘lida amaliy tashabbuslar yo‘lga qo‘yildi.
✅Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Xusainov Alisher Abduvahobovich tashabbusi bilan mazkur mahallalar sektorlarga bo‘lindi: “Bek to‘pi” mahallasi 6 ta, “Al-Xorazmiy” mahallasi esa 7 ta sektordan iborat bo‘ldi. Har bir sektorga deputatning vakillari mas’ul sifatida biriktirildi.
🌀Bunday ishlar mahallalarda nafaqat ozodalikni, balki aholining birdamligini ham kuchaytirdi. Chunki tozalik – bu nafaqat shaxsiy uyingiz, balki butun jamiyat oldidagi mas’uliyatdir.
Bu kabi tadbirlar “Obod mahalla – obod Vatan” tamoyilini hayotga tatbiq etishda muhim qadam bo‘lmoqda.