Uchinchi chaqiriq xalq deputatlari Chilonzor tumani kengashining o‘n ikkinchi sessiyasi bo’lib o’tdi
Sessiya kun tartibida
✅Chilonzor tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan 2025-yil yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar hamda kuz-qishga tayyorgarlik holati to‘g‘risida;
✅ Chilonzor tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan 2025-yil yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar hamda kuz-qishga tayyorgarlik holati to‘g‘risida;
✅ Chilonzor tumani Suv tarmoqlari bo’limi tomonidan 2025 yil yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar hamda kuz-qishga tayyorgarlik holati to‘g‘risida;
✅ Chilonzor tumani “Maxsustrans” bo‘limi tomonidan 2025-yil yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar hamda kuz-qishga tayyorgarlik holati to‘g‘risida;
✅Chilonzor tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘linmasi tomonidan 2025-yil yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;
✅ Chilonzor tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumta’lim maktablarini yangi o‘quv yilida amalga oshirilayotgan ishlar hamda “Korrupsiyadan holi hudud” loyihasi asosida olib borilgan ishlar to‘g‘risida;
✅Chilonzor tumani mahalliy budjetining 2025-yil II-chorak daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan shakllangan qo‘shimcha manbalarini xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risidagi va boshqa masalalar muhokama qilindi.
Sessiya jarayonida ko’rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.