Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputatilari Olimjon Dadajanov, Asqar Baxramovlar tumandagi “Nafis” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalladagi hokim yordamchisi, ijtimoiy xodim hamda xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rgandilar.
O‘rganish jarayonida aniqlangan masalalar bo‘yicha “mahalla yettiligi” a’zolariga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, deputatlar tomonidan nazoratga olindi.