Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Hikmatilla Hafizov tumandagi “Beshkapa” mahallasida bo‘lib, hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish va yashash sharoitlarini yaxshilash borasidagi ishlar samaradorligini o‘rgandi.
Deputat Hikmatilla Hafizov amalga oshirilayotgan ishlarni ijobiy baholab, ularni tizimli davom ettirish zarurligini ta’kidladi, aholi hayotini yaxshilashga qaratilgan sa’y-harakatlar doimiy kuzatilishini bildirdi.