Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlar “Nafis” mahallasida o‘rganish o‘tkazdilar
янв.21
CHINOZ TUMANI. “Beshkapa” mahallasida deputat tashrifi: aholi farovonligini oshirishga e’tibor
янв.21
CHINOZ TUMANI. DEPUTAT SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI
янв.21
CHINOZ TUMANI. DEPUTATNING AXBOROTI ESHITILDI
янв.21
Deputat mahallada: ijtimoiy yordam ko‘rsatish holati o‘rganildi.
янв.21
CHINOZ TUMANI. Deputat Farxod Ibragimov saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
CHINOZ TUMANI. Deputat Abduvoxid Turdiboyev “Birlik” mahallasi fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
CHINOZ TUMANI. Deputat Asqar Baxramov saylovchilar bilan uchrashdi
янв.21
CHINOZ TUMANI. YANGI BOSQICHDAGI HAMKORLIK HAQIDA
янв.21
XALQ DEPUTATLARI CHINOZ TUMANI KENGASHI DEPUTATI SAYLOVCHILAGA AXBOROT BERDI
Deputat mahallada: ijtimoiy yordam ko‘rsatish holati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Elyorjon Saidov tumandagi “Xo‘ja” mahallasida bo‘lib, mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatiladigan xizmatlarni sifatli tashkil etilishi, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rgandi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 2-apreldagi PQ-134-sonli qarorining ijrosi bo‘yicha 2025/2026-yilgi isitish mavsumida aholining ehtiyojmand qatlamini qo‘shimcha moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yilning noyabr oyida mahalladagi ehtiyojmand oilalarga bir martalik moddiy yordam ajratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. 

Shuningdek, deputat E.Saidov tomonidan mahallada moddiy yordam ajratiladigan oilalar ro‘yxatiga “mahalla yettiligi” xulosasi asosida reyestrlarga kiritilmagan, biroq yordamga muhtoj oilalarni ham ro‘yxatga kiritilishiga alohida e’tibor qaratish lozimligi tushuntirildi.

O‘rganish jarayonida aniqlangan masalalar bo‘yicha ijtimoiy xodimga tegishli ko‘rsatmalar berilib, deputat tomonidan nazoratga olindi.

Slide 1 of 2