⚡️Bugun Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Fozilova Ra’no «Madaniyat» mahallasi fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tadbirda deputat o‘zining deputatlik faoliyati, hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, mahallani obodonlashtirish va fuqarolarning turmush sharoitini yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlar haqida batafsil axborot berdi.
⚡️Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tib, fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan savollar bilan murojaat qildilar, taklif va fikr-mulohazalarini bildirdilar. Deputat tomonidan har bir murojaat diqqat bilan tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar va chora-tadbirlar belgilab olindi.
⚡️Mazkur uchrashuv mahalla aholisi bilan yaqindan muloqot o‘rnatish, ularning ehtiyoj va muammolarini joyida o‘rganish, shuningdek, davlat siyosatini fuqarolarga yetkazish maqsadida tashkil etildi.