Bugun 2-«Xamza» saylov okrugidan Xalq deputatlari tuman Kengashiga saylangan deputat Asqar Baxramov «Xamza» mahallasi
fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazdi. 
Uchrashuv davomida deputat saylovchilarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, joylarda aholi turmush darajasini oshirish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan ishlar to‘g‘risida atroflicha axborot berdi.
Shuningdek, fuqarolar o‘z taklif va fikrlarini bildirishdi, mavjud muammolar muhokama etildi hamda ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar belgilab olindi.
Uchrashuv ochiq muloqot va o‘zaro hamjihatlik ruhida o‘tdi.