Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashida deputatlarning faoliyat samaradorligini oshirish, KPI ko‘rsatkichlarini to‘g‘ri yuritish hamda saylovchilar murojaatlarini tizimli hal etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shu doirada Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Nomozov tomonidan deputat N.Xamidovaga faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlarini (KPI) shakllantirish, yuritish va tahlil qilish bo‘yicha amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi.
Mazkur hamkorlik deputatlik faoliyatini samarali tashkil etish, natijadorlikni oshirish va saylovchilar manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.