Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining 26-sessiyasida sessiya ishini belgilangan tartibda tashkil etish va uning jarayonini rasmiylashtirish maqsadida sessiya kotibini saylash masalasi ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 17-moddasiga muvofiq xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Xidiyatulina Rima Rashitovna 26-sessiya kotibi etib saylandi.
Sessiya davomida sessiya kotibining vazifalari Xidiyatulina Rima Rashitovna tomonidan amalga oshirildi. Jumladan, sessiya jarayonini belgilangan tartibda qayd etish, ko‘rib chiqilgan masalalar va qabul qilingan qarorlarni hujjatlashtirish hamda sessiya bayonnomasini yuritish bilan bog‘liq ishlar amalga oshirildi.