Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida Chilonzor tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan 2026-yilning o‘tgan 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan taqdim etilgan hisobot muhokama qilindi.
Muhokama davomida tumanda kriminogen vaziyatni yaxshilash, jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, huquqbuzarliklarni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish hamda mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.
Sessiya yakunida mazkur masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilinib, jinoyatchilik profilaktikasini kuchaytirish, yoshlar va voyaga yetmaganlar bilan manzilli ishlash, aholi bandligini ta’minlashda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha mas’ul idoralarga tegishli vazifalar belgilandi.
Qaror ijrosini ta’minlash, belgilangan chora-tadbirlar samaradorligini nazorat qilish va tumanda huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha tizimli ishlarni davom ettirish vazifalari belgilandi.