#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol
❗️ OLMAZOR TUMANIDAGI “G‘ALABA” MAHALLASIDA MAVJUD MUAMMOLAR VA YOSHLAR UCHUN SPORT INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Frangiza Akramova hamda Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati U. Fayziyeva tomonidan Olmazor tumanidagi “G‘alaba” mahalla fuqarolar yig‘inida hududdagi mavjud muammolarni aniqlash, aholini qiynayotgan masalalarni o‘rganish hamda mahallada ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish yuzasidan o‘rganish uchrashuvi o‘tkazildi.
🔺 Uchrashuvda mahalla yettiligi vakillari bilan hududdagi mavjud sharoitlar, aholining ehtiyojlari, yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda mahallani yanada obod qilishga qaratilgan tashabbuslar yuzasidan fikr almashildi.
🔎 O‘rganish davomida mahalla hududidagi bo‘sh yer maydonidan samarali foydalanish, mavjud imkoniyatlarni aholining ijtimoiy ehtiyojlariga yo‘naltirish hamda yosh avlod uchun sport bilan muntazam shug‘ullanishga qulay sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
♻️ Xususan, “G‘alaba” mahallasidagi bo‘sh yer maydonida bolalar va o‘smirlar uchun zamonaviy futbol maydonchasi barpo etish taklifi ilgari surildi. Mazkur tashabbus hududda sport infratuzilmasini rivojlantirish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularni sog‘lom turmush tarziga keng jalb qilishga qaratilgan.
📁 Deputat Frangiza Akramova tomonidan mahallalarda bolalar va yoshlarning sport bilan shug‘ullanishi uchun zarur sharoitlar yaratish, ularning qiziqish va intilishlarini qo‘llab-quvvatlash hamda bo‘sh vaqtini foydali mashg‘ulotlarga yo‘naltirish muhimligi qayd etildi.
🌳 Shuningdek, foydalanilmayotgan yer maydonlarini aholining ehtiyojlaridan kelib chiqib obodonlashtirish, ularni yoshlar uchun sport va dam olish maskanlariga aylantirish mahallaning ijtimoiy qiyofasini yaxshilash bilan birga, hududda qulay yashash muhitini shakllantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
🤝 Uchrashuv davomida mahalla yettiligi bilan hamkorlikda yoshlarning ehtiyojlarini o‘rganish, sportga qiziqishini oshirish hamda mahalladagi mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga ham e’tibor qaratildi.
📉 Shu bilan birga, mahalladagi mavjud muammolarni aniqlashda mahalla yettiligi va deputatlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, fuqarolarning ehtiyojlarini inobatga olgan holda manzilli tashabbuslarni ishlab chiqish hamda ularning amalga oshirilishiga ko‘maklashish muhimligi qayd etildi.
💡 Bildirilgan futbol maydonchasi qurish taklifini amalga oshirish imkoniyatlarini qo‘shimcha o‘rganish va tegishli choralar ko‘rish yuzasidan mas’ullarga takliflar kiritish belgilandi. Mazkur masala hozircha taklif bosqichida bo‘lib, uning amaliy ijrosi tegishli o‘rganishlar natijasiga bog‘liq.
⚖️ Deputat Frangiza Akramova ishtirokida o‘tkazilgan o‘rganish uchrashuvi hududdagi mavjud muammolarni bevosita aniqlash, mahalla aholisining manfaatlariga mos tashabbuslarni ilgari surish hamda yoshlar uchun zarur ijtimoiy sharoitlarni yaxshilashga qaratildi.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash