#Sessiya_oldi_örganish
#Ish_reja_ijrosi
#Oylik_Ish_reja_ijrosi
#24_ta_masala
📍 DEPUTATLIK NAZORATI: MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O.Tursunov tomonidan deputatlik faoliyatining 24 ta yo‘nalishi doirasida “G‘urjak-2” mahallasi hududida joylashgan 49-sonli umumta’lim maktabida deputatlik nazorati olib borildi.
🔎 O‘rganish davomida ta’lim muassasasining 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.
📝 Jumladan, isitish tizimlarining holati, mavjud jihozlarning sozligi, yoqilg‘i zaxirasi hamda bino va inshootlarning sovuq mavsumga tayyorgarlik darajasi o‘rganildi.
🌡 Ayniqsa, sovuq kunlarda o‘quvchilar va pedagog xodimlar uchun qulay hamda iliq muhit yaratish, isitish tizimlarining uzluksiz ishlashini ta’minlash va mavsum davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✅ Maqsad — ta’lim muassasasida kuz-qish mavsumini barqaror o‘tkazish, o‘quvchilar uchun munosib ta’lim sharoitlarini yaratish hamda mavjud kamchiliklarning oldini olish.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube