#kunlik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#24_ta_muhim_masala
#162_qonun
Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashida: Mahallalarda soliq ma’murchiligi va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash ishlari o‘rganildi
✅O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-209-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda mahalliy Kengash deputatlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish maqsadida belgilangan "24 ta eng muhim yo‘nalish" doirasida hududlarda tizimli o‘rganishlar davom etmoqda.
✅Navbatdagi o‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 3-Saroy saylov okrugidan saylangan deputat O.Allaberdiyevga biriktirilgan tuman Kengashi kotibiyati xodimi E.Eshonqulov "Saroy" mahallasida bo‘ldi.
✅O‘rganish davomida nimalarga e’tibor qaratildi?
✅Soliq ma’murchiligi: Mahalla uchun biriktirilgan soliq xodimining kundalik faoliyati joyida tahlil qilindi.
✅Tadbirkorlikni rivojlantirish: Yangi tadbirkorlik subyektlarini aniqlash, ularning faoliyatini qonuniy yo‘lga qo‘yish hamda soliq bazasini kengaytirish choralari ko‘rib chiqildi.
✅Tushuntirish ishlari va murojaatlar: Aholi va tadbirkorlar bilan olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot tadbirlari, shuningdek, kelib tushayotgan murojaatlar bilan ishlash holati o‘rganildi.
✅Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqildi. Barcha natijalar deputatlik nazorati doirasida umumlashtirilib, mavjud masalalarni ijobiy hal etish yuzasidan amaliy choralar belgilanmoqda.