Bog‘larning holati o‘rganildi
Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi deputati D.Axmedjanova nomidan tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov tomonidan tumandagi bog‘larning holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida bog‘larning bugungi kundagi holati, hududlarning obodonlashtirilishi, daraxtlarni parvarishlash, yashil maydonlarni asrash hamda ekologik muhitni yaxshilash masalalariga e’tibor qaratildi.
Daraxtlarni muntazam parvarishlash, sug‘orish tizimining holati, yashil hududlarni kengaytirish va mavjud ekologik muammolarni bartaraf etish yuzasidan fikr almashildi.
Tadbir davomida bog‘larni yanada obod saqlash, atrof-muhit musaffoligini ta’minlash, yashil makonlarni asrab-avaylash hamda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish muhimligi ta’kidlandi.
✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!