Til — millat ko‘zgusi, ma’naviyat timsoli
Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi deputati E.Peysenov tumanda o‘zbek tiliga bag‘ishlab tashkil etilgan bayram tadbirida ishtirok etdi.
Tadbir davomida ona tilimizning milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va boy madaniy merosimizni aks ettiruvchi bebaho qadriyat ekanligi alohida ta’kidlandi.
O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini yuksaltirish, uni asrab-avaylash, kelajak avlodga sof holda yetkazish hamda yoshlar o‘rtasida ona tiliga bo‘lgan hurmat va ehtiromni kuchaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Bayram tadbirida ona tilimizning boy imkoniyatlari, uning xalqimiz hayoti va tarixidagi o‘rni, milliy qadriyatlarimizni saqlashdagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Ishtirokchilar tilga hurmat — millatga hurmat ekanini yana bir bor e’tirof etdilar.
Deputat E.Peysenov bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yosh avlodni milliy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash, ona tilimizga bo‘lgan mehrni oshirish va uning nufuzini yanada yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!