Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DOIMIY KOMISSIYANING XULOSASI VA QARORI ASOSIDA MASALALAR KENGASH SESSIYASI MUHOKAMASIGA KIRITILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMAN KENGASHINING 26-SESSIYASIDA SESSIYA KOTIBI SAYLANDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYANING XULOSASI VA QARORI ASOSIDA MASALALAR KENGASH SESSIYASI MUHOKAMASIGA KIRITILDI
янв.21
SPORT SOHASIDA XORIJIY TAJRIBALAR ASOSIDA MILLIY METODIKALARNI ISHLAB CHIQISHNING AHAMIYATI
янв.21
#munosabat Özbek yozuvining takomillaşuvi — kelajak avlod uçun muhim qadam
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI KENGASH SESSIYASIDA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi sessiyasida tuman prokurorining kriminogen vaziyatni yaxshilash va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi axboroti eshitildi
янв.21
ICHKI ISHLAR ORGANLARI FAOLIYATI VA JAMOAT XAVFSIZLIGI MASALALARI KENGASHDA MUHOKAMA QILINDI
янв.21
2027-YIL UCHUN IJTIMOIY EHTIYOJMAND AHOLI QATLAMLARIGA 1 959 TA ISH O‘RNINI ZAXIRAGA QO‘YISH MASALASI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
CHILONZOR TUMANIDA IJTIMOIY HIMOYA SOHASIDAGI ISHLAR YUZASIDAN QAROR QABUL QILINDI
PENSIYA TA’MINOTI VA FUQAROLAR MANFAATLARI — DEPUTATLIK NAZORATI E’TIBORIDA

Ijtimoiy himoya samaradorligi — fuqarolarning qonuniy huquqlari va manfaatlarini ta’minlashdan boshlanadi.
Aholining pensiya ta’minotini yaxshilash, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda pensiya qonunchiligi talablariga rioya etilishini ta’minlash muhim vazifalardan biridir. Shu bois, mas’ul tashkilotlar faoliyatini o‘rganish va mavjud masalalarni tahlil qilish alohida ahamiyat kasb etadi.

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, deputat H. Qudratov tomonidan tuman Pensiya jamg‘armasi bo‘limi faoliyati o‘rganildi.

Jarayonda pensiya va nafaqalarni tayinlash, fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda pensiya ta’minoti bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.

O‘rganish davomida quyidagi yo‘nalishlarda ishlarni takomillashtirish muhimligi ta’kidlandi:
Fuqarolarning pensiya ta’minotiga oid huquq va manfaatlarini himoya qilish;
Pensiya tayinlash jarayonlarida qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash;
Aholi murojaatlarini o‘z vaqtida va qonuniy tartibda ko‘rib chiqish;
Fuqarolarga pensiya qonunchiligi yuzasidan tushuntirishlar berish va xizmatlar sifatini oshirish;
Murojaatlarda ko‘tarilayotgan masalalarning yechimiga mas’uliyat bilan yondashish.

MAQSAD — AHOLI UCHUN SAMARALI VA ADOLATLI PENSIYA TA’MINOTI

Slide 1 of 2